O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Biz haqimizda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini ahborot-kutubxona taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” gi PQ-381-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat hokimligining 2007-yil 7-mayda 105-sonli qaroriga asosan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni yangiliklardan habardor qilib borish va tegishli ahborotlar bilan tezkor taʼminlash maqsadida, shahar madaniyat va sport ishlari boʻlimiga qarashli Koʻzi ojizlar kutubxonasi negizida viloyat Koʻzi ojizlar kutubxonasi tashkil etilib, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufida qoldirildi.

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi Jizzax viloyati hokimligining 2007-yil 7-maydagi 105-sonli qarori, Jizzax viloyat Koʻzi ojizlar kutubxonasining 2008-yil 22-apreldagi xati, Gʻallorol tuman hokimligining 17-may 2008-yildagi 227-sonli qaroriga asosan tuman koʻzi ojizlar kutubxonasi tashkil etildi. 2009-yil 1-aprel oyidan boshlab oʻz faoliyatini boshladi.

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi Jizzax tumani Koʻzi ojizlar kutubxonasi 2008-yil 14-mayda tuman hokimining 279-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. 2009-yil 1-aprel oyidan boshlab oʻz faoliyatini boshladi.

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi Zafarobod tuman Koʻzi ojizlar kutubxonasi 2008-yil 18-aprelda tuman xokimining 193-sonli qaroriga asosan tashkil etildi. 2009-yil 1-aprel boshlab oʻz faoliyatini boshladi. Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan 2017-yilda tasdiqlangan nizomi asosida ish olib boradi.

To'liq malumot

Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasining
pasporti

Rasmiy nomi va Nizomi Жиззах вилоят кўзи ожизлар кутубхонаси Жиззах вилояти ҳокимининг 2007 йил 7 майдаги 105-сонли қарори билан тасдиқланган
Manzili Jizzax viloyat Jizzax shahar Qassoblik mahallasi Ulugʻbek koʻchasi 28 uy
Tashkil etilgan yili 2007-yil 7-may
Tashkilotning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasi
Yer maydoni 212 kv m
Jami xodimlar soni 34 nafar, shundan Oliy maʼlumotlilar: 4 Oʻrta maxsus: 28 Oʻrta maʼlumotlilar: 2
Boʻlimlar soni 4 ta, 7 ta filial
Axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanishi Telefon: 9 ta Kompyuterlar soni: 21 ta
Y-XAT manzili jiz.kok@exat.uz
Davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatga olingan sana va berilgan indifikatsiya raqami 2007-yil 20-may 206867976
Tashkilot rekvizitlari Пахтакор туман Маданият булими
Муассасанинг Веб-саҳифаси Byudjet SHHR 100021860084017082103056002 Jizzax shahar TEF Milliy bank boʻlimi MFO 00121

TUMANDAGI FILIALLAR

Manzili Gʻallaorol tuman doʻstlik mfy,mustaqqillik koʻchasi 2- uy musiqa va saʼnat maktabi binosi 1 qavatida joylashgan.
Yer maydoni 48 kv m
Jami xodimlar soni boʻlim mudiri-1 kutubxonachilar-1 kutubxona xonasi - 2 ta
Manzili Sh.Rashidov tumani Yangiobod mahallasi mustaqillik koʻchasi 10 uy musiqa va saʼnat maktabi binosida joylashgan.
Yer maydoni 36 kv m
Jami xodimlar soni boʻlim mudiri-1 kutubxonachilar-1 kutubxona xonasi - 2 ta
Manzili Zafarobod tuman Navbaxor mfy,e.Jumanbulbul koʻchasi (musiqa va saʼnat maktabi binosida joylashgan)
Yer maydoni 72 kv m
Jami xodimlar soni boʻlim mudiri-1 kutubxonachilar-1 kutubxona xonasi - 2 ta

Koʻzi ojizlar kutubxonasining tarkibiy tuzilmasi

XUJJATI

  1. Inventar
  2. Hisobga olish daftari
  3. Dalolatnoma
  4. Kutubxonalar shartnomalar

Ish faoliyati

  1. Yillik ish rejasi
  2. Oylik ish rejasi
  3. Hisobot
  4. Kundalik
  5. Tuman kutubxonalari bilan hamkorlik ishlari

Koʻzi ojizlar kutubxonasining asosiy tuzilishi

  1. Uslubiy- bibliografik boʻlimi
  2. Abonoment
  3. Oʻquv zali
  4. Adabiyotlarni saqlash boʻlimi
  5. Jamlamani hisobga olish

Koʻzi ojizlar kutubxonasida mavjud kitoblar

  1. Umumiy fond-14586
  2. Shundan yassi bosma-7591
  3. Brayl uslubida-2473
  4. Gapiruvchi adabiyotlar-4186

Xizmat koʻrsatish

  1. Alfavitli katalog-
  2. sistemali katalog-
  3. topografik katolog-
  4. mavzuli katolog –

Koʻzi ojizlar kutubxonasining asosiy tuzilishi

  1. Ommoviy tadbirlar-
  2. Mavzuli koʻrgazmalar-
  3. Gazetalar sharhi-
  4. Davra suhbatlari-
  5. Uchrashuv kechalari-
  6. Siyosat

Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasining
nizomi

I. Umumiy qoidalar

1.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi 2011-yil 13-apreldagi 280-Qonuni va Oʻzbekiston Republikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 20-iyundagi № PQ-381-sonli hamda Jizzax viloyat hokimining 2007-yil 7-maydagi 105-sonli qarorlariga asosan Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida boʻlib, Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasiga boʻysinadi.

1.2. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi ixtisoslashtirilgan madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy-ilmiy axborot metodik muassasasi hisoblanadi: - koʻzi ojiz nogironlarga moʻljallangan axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish, maxsus texnika vositalaridan unimli foydalangan holda axborot yozilgan maxsus jismlarda axborot-kutubxona resurslarini tashkil etish va amalga oshirish, kitob va boshqa matbuot nashrlarini toʻplash, ularni saqlash; - koʻzi ojizlar va ularning oila aʼzolari, koʻzi ojizlar muassasalari xodimlariga, shuningdek boshqa toifadagi nogironlarga, kutubxona joylashgan hududdagi aholiga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish ; - koʻrish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga toʻliq matinli elektron kutubxonaning ovozli turi bilan taʼminlash; - L.Brayl yozuvidagi nashrlar, magnit kasetalari hamda elektron disklarga yozilgan ovozli kitoblarni saqlash boʻyicha Jizzax viloyati miqyosida markaz hamda oʻzbek tilidagi oʻlkashunoslikka oid Lui Brayl yozuvidagi kitoblar boʻyicha dipozitariy sanaladi; - Jizzax viloyatida metodik va t

1.3. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi barcha yoshdagi koʻzi ojizlar, ularning oila aʼzolari va koʻzi ojizlar muassasasi va tashkilotlarida xizmat qiluvchi fuqarolarga, shuningdek, boshqa toifadagi nogironlarga, kutubxona joylashgan hududdagi aholiga kutubxonadan foydalanishni taʼminlaydi.

1.4. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli hamda boshqa vazirliklar tasarrufidagi viloyat hududidagi barcha koʻzi ojizlar kutubxonalari uchun koʻzi ojiz nogironlarga kutubxona xizmatini amalga oshirish boʻyicha ilmiy-metodik va muvofiqlashtiruchi markaz hisoblanadi.

1.5. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida boʻlib, mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi va taʼminlanadi.

1.6. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi mustaqil yuridik huquqli tashkilot hisoblanib, turtburchak shaklidagi tamgʻaga (shtamp) va Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhrga ega. Shuningdek, alohida hisobxonaga ega boʻlib, davlat bankida oʻz hisob raqami mavjud.

1.7. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi faolyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi 2011-yil, 13apreldagi 280-Qonuninga va boshqa amaldagi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyat Madaniyat boshqarmasining buyruq va yoʻriqnomalariga, ushbu Nizomga va axborot-kutubxona ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarga amal qilgan holda olib boradi.

1.8. Kutubxonaning manzili: Indeks: 130100 Oʻzbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati Jizzax shahri Qassoblik mahalla Ulugʻbek koʻchasi 28-uy

II. Kutubxonaning asosiy vazifalari

2.1. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasining asosiy vazifalari: - madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda kutubxona faoliyatini amalga oshirish muassasasi hisoblanadi; - kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi; - elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi; - kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi; - boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi. - yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi; - kutubxonaning kitob fondi va jixozlari kutubxonaning mulkidir; - turli yoshdagi koʻzi ojizfuqarolarning bilim oshirishlariga, turli hujjatli axborotga boʻlgan extiyojlarini toʻliq qondirilishiga, ijtimoiy ongni shakllantirishga hissa qoʻshib, ularni jamiyatning toʻlaqonli aʼzolari boʻlishlariga yordam berishga eʼtibor qaratiladi. Quyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Kutubxona: - kitob fondini turli fan sohalari, badiiy va bolalar adabiyotlari hamda koʻzi ojizlar hayoti va salomatligiga oid boʻrtma nuqtali nashrlar, magnit kasetalarga, elektron disklarga yozilgan ovozli va bosma harfdagi kitob va vaqtli nashrlar bilan toʻldiradi. Oʻzbek va boshqa tillardagi kitoblarni va oʻlkashunoslikka oid adabiyotlarni jamgʻarib boradi; - kitob fondini adabiyotlar va audiovizual nashrlarni ovoz yozish studyalari, savdo muassasalari, Lui Brayl yozuvidagi nashrlar chiqaruvchi bosmaxona va hamdoʻstlik davlatlaridagi koʻzi ojiz uchun nashrlar chiqaruvchi muassasalardansotib oladi, aholida shaxslar va xayriya jamgʻarmalaridan sovgʻa sifatida olish asosida toʻldirib boradi; -kitob fondidan oʻzbek tilidagi Lui Brayl yozuvidagi audiovizuval nashrlarni dipozitar saqlash uchun tanlab olishni tashkil qiladi; - fonga olingan matbuot asarlari va boshqa hujjatlarning barcha turini hisobga oladi, ularni ishlovdan oʻtkazadi va tasniflaydi hamda maʼlumotnoma qidirish apparati yordamida ularni mazmunini yoritadi; - Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi oʻzbek tilidagi Lui Brayl yozuvidagi va audiovizual kitoblarni almashish jamgʻarmasini tashkil etadi, nashrlarni almashish va qayta taqsimlashni amalga oshiradi; - foydalanuvchilarga tabaqalashgan holda xizmat koʻrsatadi, foydalanuvchilar talablarni oʻrganadi, kutubxona bibliografiya, axborot xizmatining shakl va usullarini takomillashtiradi - umumiy va ixtisoslashgan oʻquv zallari, tarmoq boʻlimlari, abonement va kutubxonalararo abonement, sirqi abonement orqali, matbuot nashrlari va boshqa hujjatlarni berish yoʻli bilan oʻz fondini foydalanuvchilar uchun tayyorlaydi; - kutubxonadan olis joylarda istiqomat qiluvchi koʻrish imkoniyati cheklangan fuqarolarga xizmatni amalga oshirish maqsadida koʻchma kutubxonalar va qoʻshimcha nogironligi boʻlgan, keksa yoshdagi, yolgʻiz koʻzi ojiz fuqarolarning uylariga nashrlar yetkazishni tashkil etadi; - foydalanuvchilarga tashkilot va muassalarga maʼlumotnoma-axborot xizmatini amalga oshiradi: Oʻlkashunoslik va koʻzi ojizlar hayoti mavzusida bibliografik qoʻllanmalar tuzadi va nashr etadi; - kutubxonada foydalanuvchilar oʻrtasida har xil mavzudagi sport musobaqasi, zakovat oʻyinlari hamda koʻrik-tanlovlar oʻtkaziladi; - tasarrufidagi koʻzi ojizlar kutubxonalariga filial va koʻchma kutubxonalarga metodik faoliyatining anʼanaviy, shuningdek, yangi shakl va usullari asosida metodik yordam koʻrsatadi; - Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi rahbarligida kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va koʻzi ojizlarga moʻljallangan nashrlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi va ularning natijalarini amaliyotga joriy qiladi; - Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi viloyatdagi koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seminar-trening oʻtkazadi va tajriba almashishni amalga oshiradi; - yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi reja asosida viloyatdagi koʻzi ojizlar kutubxonalari xodimlarini malakasini oshirish va tajriba almashishini tashkil etadi; - xalqaro va Respublika miqyosidagi seminar-treninglarda koʻzi ojizlar kutubxonalari xodimlarining ishtirokini taʼminlaydi.

III. KUTUBXONANI BOSHQARISH

3.1. Kutubxonani boshqarish markazlashgan rahbarlik va mehnat jamoasining oʻz-oʻzini boshqaruvi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

3.2. Kutubxona direktori Respublika Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi rahbariyati bilan kelishilgan holda Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayinlanadi va oʻz lavozimidan boʻshatiladi.

3.3. Kutubxona direktori: - kutubxona ishini yakkaboshchilik asosida tashkil qiladi, uning faoliyatiga toʻliq javobgar; - buyruqlar chiqaradi, kutubxona faoliyatini qatʼiy belgilab beruvchi hujjatlarni tasdiqlaydi; - davlat qonunchiligi himoyasini va intizomini taʼminlaydi, mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlantirish va ishlab chiqarish vazifalarini hal etishlari uchun kutubxonaning mavjud manbaalaridan samarali foydalanish sharoitini yaratib beradi; - kutubxona nomidan ish koʻradi hamda tashkilot va muassasalarda uning vakili sifatida qatnashadi, kutubxonaning moliyaviy va boshqa moddiy vositalarni amalda qonunchilikka muvofiq qoʻllaydi, kutubxona nomidan kredit muassasalarida ishlarini bajaradi. Bankda kutubxonaning shaxsiy va boshqa hisoblarini ochadi va yopadi, pullik hujjatlarni imzolaydi, shartnomalar tuzadi, jumladan, ishonch huquqi bilan ishoch qogʻozlari beradi. Kitob fondini va kutubxonaning boshqa mulkini hisobga olishni va toʻliq saqlanishini, jumladan, buxgalter hisobi va hisobotini tashkil etadi hamda nazrat qiladi; - mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga olish, qayta joylashtirish va ishdan boʻshatish, rasmiy tartibda tagʻbatlantirish va intizomiy jazo berish huquqidan foydalanadi.

Direktor oʻrinbosarlari va bosh hisobchi viloyat madaniyat boshqarmasi rahbariyati bilan kelishilgan holda tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Oʻzlariga ishonib topshirilgan ish sohasiga toʻliq javobgardir, oʻz vakolati doirasida kutubxona nomidan ish koʻradi, boshqa tashkilot va muassasalarda uning vakili sifatida qatnashadi.

3.5. Boʻlim mudirlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va boʻshatiladi, boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlar va lavozim yoʻriqnomasiga muvofiq ish koʻradilar.

3.6. Shahar, tuman koʻzi ojizlar kutubxona rahbarlari Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi direktorining tavsiyasi bilan tayinlanadi va lavozimdan boʻshatiladi.

3.7. Mehnat jamoasining kutubxonani boshqarishda ishtiroki amaldagi meʼyoriy hujjatlarga binoan amalga oshiriladi.

3.8. Kutubxonaga ishga qabul qilish kutubxonachilik mutaxassisligi va malaka talablari asosida amalga oshiriladi.

3.9. Kutubxona xodimlarining xuquq va burchlari jamoa shartnomasi hamda ichki mexnat tartib qoidalari va lavozim yoʻriqnomasi bilan belgilab beriladi.

3.10. Kutubxonaning tuzilishi va uning shtat jadvali kutubxona tomonidan bajariladigan vazifa va texnologik beligilariga koʻra mustaqil beligilanadi va yuqori tashkilotning rejalashtirish va moliyalashtirish boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.

3.11. Kutubxona yuqori tashkilotga oʻz faoliyati haqida tartibda ish rejasini tuzadi va yillik hisobot beradi.

IV Moliyaviy –xoʻjalik faoliyati mablagʻlari taqsimlanishi4

4.1. Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi viloyat byudjeti hisobida turadi. Kutubxona smetasi yuqori tashkilotning rejalashtirish va moliyalashtirish boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Kutubxona mablagʻlari quyidagilar: - Jizzax viloyat koʻzi ojizlar kutubxonasi viloyat byudjeti mablagʻlari; - muassasalarning mablagʻlari; - qonun xujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa manbalar tashkil etadi.

4.2. Kutubxonaga ajratiladigan mablagʻning miqdorini belgilashda boshqa manbalardan olingan mablagʻlar buyudjetdan ajratilayotgan mablugʻni kamaytirishga asos boʻla olmaydi. Turli manbalardan oligan barcha mablagʻlar kutubxonaning yagona daromadini tashkil qiladi. Kutubxonada quyidagi jamgʻarma turlari mavjud: - ish haqi jamgʻarmasi; - moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi; - ijtimoiy rivojlantirish va ijodiy ishlab chiqarish jamgʻarmasi; - xizmat safarlari jamgʻarmasi.

4.4. Kutubxona ixtiyoridagi pul jamgʻarmasi muomaladan chiqarilmaydi va kelgusida foydalaniladi.

4.5. Kutubxona byudjetga toʻlanadigan toʻlovlardan meʼyoriy hujjatlar asosida ozod qilinadi.

4.6. Kutubxona mehnat jamoasining qarori bilan daromadni taqsimlay yoʻllaridan birini tanlashi mumkin. 4.7. Ijtimoiy rivojlantirish va ijodiy ishlab-chiqarish jamgʻarmasini, mehnat haqi jamgʻarmasi va moddiy ragʻbatlantirish fondini taqsimlash kutubxona direktori tomonidan maʼqullangan va viloyat moliya boshqarmasi tasdiqlagan smetaga muvofiq olib boriladi.

4.8. Kutubxona direktori kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda quyidagi huquqlarga ega: - xodimlarning zarur sonini belgilash va shtat jadvalini tasdiqlash; - mehnatga haq toʻlash masalalarini hal qilish lavozim maoshlarini tasdiqlash, qoʻshimcha ishni bajargani uchun yoki bajarilgan ish hajmining koʻpaygani uchun ustama haqni belgilash, mehnat sifati va samaradorligidan kelib chiqib mukofatlash miqdori va tartibini belgilash; - belgilangan tartibda mehnatga brigada, ijara pudrati, jamoa shartnomasi asosida haq toʻlash shakllarini qoʻllash huquqisha ega.

4.9. Xodimlar ish haqining yuqori miqdori cheklanmaydi.

4.10. Kutubxona ushbu huquqlardan foydalanadi: - oʻz nashrlarini belgilangan tartibda bepul va pullik bosib chiqarish va tarqatish; - toʻzigan yoki maʼnaviy eskirgan nashrlar, moddiy boyliklar va manbalarni belgilangan tartibda kutubxona hisobidan chiqarish, kutubxona jamgʻarmasi tarkibidan adabiyotlarni chiqarish, hisobdan chiqarish haqidagi maxsus yoriqnomaga asosan, yuqori tashkilot vakili ishirokida oʻtkaziladi; - pul va moddiy boyliklarni, shuningdek, bino, inshootlar, jihozlarni, transport vositalarini hayriya va boshqa jamoat fondidan davlat, jamoat va xususiy tashkilotlardan, yakka shaxslardan olish; - belgilangan tartibda bank kreditlaridan foydalanish. Olingan qarzlar ijtimoiy rivojlantirish va ijodiy ishlab-chiqarish jamgʻarmasi va yagona mehnat haqi jamgʻarmasi ish haqi jamgʻarmasi va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlanadi. - Oʻzbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy banki”da belgilangan tartibda valyuta hisobini ochish; - shartnoma asosida moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini ijtimoiy-madaniy sohadagi boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan kooperatsiyalash; -kutubxona faoliyatiga putur yetkazmaydigan tarzda bino xonalarini ijara sifatida boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida belgilangan tartibda berish.

4.11. Kutubxonada pullik xizmat koʻrsatish belgilangan tartibda tasdiqlangan preyskuratda koʻrsatilgan narx va tarif asosida amalga oshiriladi. Xizmatning yangi turlarini joriy qiladi.

4.12. Kutubxona foydalanilmagan mulkni sotishdan tushgan mablagʻni ijtimoiy rivojlantirish va ijodiy ishlab chiqarish jamgʻarmasiga oʻtkazish, mulkni sotish va roʻyxatdan chiqarishdan kelgan zararni esa kutubxonaning tegishli jamgʻarmalari hisobiga qoplashi mumkin.

4.13. Kutubxona oʻz faoliyati uchun zarur jixozlar, zarur ashyolar yoqilgʻi va boshqa moddiy boyliklarni beligilangan tartibdi sotib oladi.

V. Kutubxonaning xalqaro aʼloqalari va tashqi iqtisodiy faoliyati.

5.1. Kutubxona MDH va xorijiy davlatlar bilan belgilangan qonunchilikga binoan faoliyat yuzasidan aʼloqa qiladi. Xorijiy kutubxonalar, muassasalar, firmalar, shuningdek ularning vakillari bilan kutubxonaning vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish.

5.2. Belgilangan tartibda MDX va xorijda davlat va xorijiy kutubxonalar, tashkilot, muassasa, firmalar, MDX va xorijiy davlatlar koʻzi ojizlar jamiyati va uning tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlar bilan oʻz faoliyati doirasida bitimlar va boshqa aktlar tuzadi.

5.3. Axborot markazini, filialarini tashkil qiladi, xamkorlik jamiyatilari va kutubxona talablariga javob beradigan boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etadi.

5.4. Kutubxona xizmati koʻrsatishning yangi zamonaviy turlarini joriy qiladi.

5.5. Xodimlarni viloyat, respublika va unday tashqariga xizmat safariga yuboradi va ijodiy hamkorlikni qabul qiladi.

5.6. Kutubxona chet mamlakatlardagi ilgʻor ish tajribalarni oʻrganadi va Respublikadagi koʻzi ojizlar kutubxonalarida joriy etilishini amalga oshiradi.

VI Kutubxonani qayta tashkil etilishi va tugatilishi.

6.1. Kutubxonani qayta tashkil etilishi va tugatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.