O‘zbekiston davlat filarmoniyasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3813-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyi negizida tashkil topdi. Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida faoliyat yuritadi. Tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or an’ana va yutuqlari asosida yanada rivojlantirishdir. Shuningdek, aholining musiqa va raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishi va dunyoqarashini lektoriy, konsert-ijrochilik ishlari va musiqiy-ma’rifiy kechalarni tashkil etish orqali yanada oshirishdir. Bugungi kunda davlat filarmoniyasi tarkibida kuyidagi ijodiy jamoalar faoliyat ko‘rsatmoqda: O‘zbek milliy “Mumtoz” ansambli
“O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli
“Navbahor” ashula va raqs ansambli
“Navro‘z” ashula va raqs ansambli
“Lazgi” ashula va raqs ansambli
G‘anijon Toshmatov nomidagi “Dutorchilar” ansambli
“Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansambli
Milliy karnay-surnay guruhi
O‘zbekiston milliy simfonik orkestri
Milliy estrada orkestri
“Turkiston” kamer orkestri
Botir Zokirov nomidagi estrada simfonik orkestri
O‘zbekiston xalq cholg‘u asboblari davlat akademik orkestri
“O‘zbekiston solistlari” kamer orkestri
“So‘g‘diyona” milliy cholg‘ulari o‘zbek davlat kamer orkestri
“O‘zbekiston yosh iqtidorlari” kamer orkestri
Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi
Davlat xor kapellasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ3813-sonli qaroriga asosan 2018 yil noyabr' oyida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1992 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi. Viloyatning umumiy xududi 110,99 ming kv.km ni, 2019 yilning 1 iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 986,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 6841 kishiga yoki 0,7 foizga ko‘paydi. Viloyatning tabiati o‘ziga xos rang-barang bo‘lib, shimoli-g‘arbiy qismida Qizilqum sahrosi cho‘llari, janubi-sharqiy qismida osmono‘par Nurota tog‘ tizmalari hamda Zarafshon daryosining o‘rta qismida boy va turfa-xil dehqonchilik dalalari yastanib yotibdi. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko‘l, Sho‘rko‘l, To‘dako‘l kabi ko‘plab yirik suv manbalari viloyat tabiatini yanada rang-barang bo‘lishligiga hissa qo‘shmoqda. Navoiy yosh va navqiron viloyat bo‘lsada, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo‘shgan qadimiy va betakror tarixi bor. Bular Sarmishsoy darasidagi iptidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardobasi, Qosim Shayx Azizon xonaqohi va Nurotaning noyob me'moriy obidalari kabi bebaho madaniy me'ros ob'ektlaridir. Viloyat tarkibida 8ta tuman mavjud bo‘lib, ular - Karmana, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridir. Shuningdek yirik sanoat korxonalari negizida 2ta yirik shahar - Navoiy va Zarafshon shaharlari har tomonlama rivojlanib, obod hududga aylanib bormoqda. Ayni paytda Navoiy viloyati Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ulkan bunyodkorlik ishlari va tarixiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Viloyat tabiiy resurslarga, shu jumladan, rangli metall va qurilish xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Navoiy Kon Metallurgiya kombinati Davlat korxonasi dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Shuningdek, “Navoiyazot” OAJ, “Elektrkimyo zavodi” qo‘shma korxonasi, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” OAJ, “Qiziqumsement” OAJ singari yirik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Qulay geografik joylashuvi hisobga olinib, 2008-yilda viloyatda Navoiy Erkin Industrial iqtisodiy zona tashkil etilib, Janubiy Korea, Hindiston, Xitoy va Singapur kabi xorijiy hamkorlar bilan keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda. Navoiy aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil etilgan bo‘lib, u orqali “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Korean Air” hamkorligida jahonning turli mamlakatlariga yuk tashish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va qishloqlarida bir-biridan shinam zamonaviy tipdagi namunaviy qo‘rg‘onlar bunyod etilgan bo‘lib, yurtimiz husniga chiroy qo‘shmoqda. Madaniyat saroylari va istirohat bog‘lari, Yoshlar markazlari va sport majmualari , tibbiyot va ta'lim muassasalari, ayniqsa Navoiy Davlat Pedagogika va Navoiy Davlat Konchilik institutlaridagi jo‘shqin faoliyat, ularda yoshlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar har qanday yuksak tahsinga loyiq desak to‘g‘ri bo‘ladi.

To'liq malumot